Google Tarjimon | |
---|---|
![]() | |
Joriy holati | Faol |
Sayt turi | Tarjimon |
Qaysi tillarda | Koʻp tilli |
Muassisi | |
Muallifi | |
URL | translate.google.com |
Google Tarjimon (inglizcha: Google Translate) — Google kompaniyasining matn yoki veb-sahifalarni bir necha tilga tarjima qilish uchun moʻljallangan veb-xizmati. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, 2013-yilga kelib Google Tarjimondan foydalanayotganlar soni kuniga 200 million kishiga yetdi[1]. Hozirda Google Tarjimon 90 ta tilni qoʻllay oladi. 2014-yil dekabr oyida Google Tarjimonga oʻzbek tili ham qoʻshildi.
SYSTRAN texnologiyasini qoʻllovchi Babel Fish va AOL kabi boshqa tarjima xizmatlaridan farqli oʻlaroq, Google Tarjimon Translate.com kabi oʻz dasturiy taʼminotidan foydalanadi. Google Tarjimon oʻzi oʻrganuvchi mashina tarjimasi algoritmidan foydalanadi.